GENERATIV SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI ADAPTIV FEEDBACK VOSITASIDA TALABALARNING FEEDBACK SAVODXONLIGI VA MUSTAQIL AKADEMIK YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • D.O.Oxunova Author

Keywords:

generativ sun’iy intellekt, adaptiv feedback, akademik yozuv, feedback savodxonligi, self-regulated writing, revisiya, refleksiya, metakognitiv ko‘nikma, talaba avtonomiyasi, prompt engineering.

Abstract

Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt asosidagi adaptiv feedback vositasida talabalarning ingliz tilida akademik yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning muhim tarkibiy komponentlaridan biri bo‘lgan feedback savodxonligi hamda mustaqil revisiya ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Generativ sun’iy intellekt vositalarining rivojlanishi talabalarga grammatik, leksik, strukturaviy va mazmuniy jihatdan tezkor feedback olish imkonini yaratgan bo‘lsa-da, feedbackning mavjudligi o‘z-o‘zidan yozuv kompetensiyasining rivojlanishini ta’minlamaydi. Buning uchun talaba olingan tavsiyani tushunishi, uning ishonchliligi va maqsadga muvofiqligini baholashi, kerakli tavsiyalarni tanlashi, ularni yozuvga tatbiq etishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar yuzasidan refleksiya qilishi talab etiladi. Maqolada generativ AI yordamidagi feedback bilan ishlashning Tushunish – Baholash – Tanlash – Revisiya – Refleksiya bosqichlaridan iborat metodik modeli taklif etiladi. Shuningdek, AI feedbackdan foydalanishda talaba avtonomiyasi, metakognitiv nazorat, akademik halollik va pedagogik mediatsiyaning ahamiyati asoslab beriladi.

References

1.Carless, D., & Boud, D. (2018). The development of student feedback literacy: Enabling uptake of feedback. Assessment & Evaluation in Higher Education, 43(8), 1315–1325.

2.Crosthwaite, P., & Sun, S. (2025). Generative AI and L2 written feedback studies: A scoping review. RELC Journal. DOI: 10.1177/00336882251386530.

3.Dai, Z. (2026). Rethinking AI-assisted writing instruction: Feedback literacy scripts, calibration training, and student writing development. Frontiers in Psychology, 17, 1829268. DOI: 10.3389/fpsyg.2026.1829268.

4.Mahapatra, S. (2024). Impact of ChatGPT on ESL students’ academic writing skills: A mixed methods intervention study. Smart Learning Environments, 11.

5.Mekheimer, M. (2025). Generative AI-assisted feedback and EFL writing: A study on proficiency, revision frequency and writing quality. Discover Education, 4.

6.Molloy, E., Boud, D., & Henderson, M. (2020). Developing a learning-centred framework for feedback literacy. Assessment & Evaluation in Higher Education, 45(4), 527–540.

7.Steiss, J., Tate, T., Graham, S., Cruz, J., Hebert, M., Wang, J., Moon, Y., Tseng, W., Warschauer, M., & Olson, C. B. (2024). Comparing the quality of human and ChatGPT feedback of students’ writing. Learning and Instruction, 91, 101894.

8.UNESCO. (2023). Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO.

Downloads

Published

2026-09-18