THEORETICAL STUDY OF THE LONGITUDINAL DYNAMIC STABILITY OF AN AGGREGATE CONSISTING OF A FRUIT-HARVESTING MACHINE AND A TWO-AXLE TRAILER

Authors

  • Sardor Nigmatjonov PhD in Technical Sciences, Acting Associate Professor , International Innovation University Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: meva teruvchi mashina; ikki o‘qli tirkama; bo‘ylama turg‘unlik; dinamik turg‘unlik; ilmoq kuchi; normal reaksiya; tormozlanish; qiyalik; boshqariluvchanlik.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada intensiv bog‘lar uchun yaratilayotgan o‘ziyurar meva teruvchi mashina va konteyner tashiydigan ikki o‘qli tirkama platformasidan iborat agregatning bo‘ylama dinamik turg‘unligi nazariy tadqiq etilgan. Erkin jism usuli, Nyutonning ikkinchi qonuni va statik momentlar muvozanati asosida qiyalikda tortish va tormozlanish rejimlari uchun mashina hamda tirkama g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi normal reaksiyalar, ilmoq kuchi va ular orqali bo‘ylama turg‘unlik mezonlari aniqlandi: bo‘ylama ag‘darilish va sirpanishning statik chegaraviy burchaklari, oldingi o‘qning yuklanganlik koeffitsienti bo‘yicha boshqariluvchanlik sharti va tormozlanishda ilmoqning siqilmaslik sharti. Tormoz momentining bo‘lakli-chiziqli o‘sishini va ilmoqning elastik-dissipativ xossalarini hisobga oluvchi ikki massali model yordamida o‘tkinchi jarayondagi ilmoq kuchi baholandi. Hisobiy parametrlarda tirkama bilan ko‘tarilishda boshqariluvchanlik saqlanadigan chegaraviy qiyalik 31,8° dan 21,0° gacha kamayishi, tirkama tormozining 0,4 s kechikishi ilmoqda 3,6 kN, 10 mm lyuft mavjud bo‘lganda esa 4,36 kN siquvchi kuch hosil qilishi (dinamiklik koeffitsienti 1,14–1,38) ko‘rsatildi. Tormoz kuchlarining moslik koeffitsienti kT ≥ 1 bo‘lishi va tirkama tormozi mashina tormozidan kechikmasligi agregat bo‘ylama dinamik turg‘unligining asosiy sharti ekanligi asoslandi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz.

2.Norchayev D.R. va boshq. Respublikamiz intensiv bog‘larida yetishtirilayotgan mevalarni yig‘ishtirishning mexanizatsiyalashgan yechimlari // Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. – Buxoro, 2025. – B. 133–138.

3.Norchayev D.R. va boshq. Intensiv bog‘lardagi mevalarni yig‘ishtiradigan mashina parametrlarini nazariy asoslash // Qurilish va ta’lim ilmiy jurnali. – Namangan, 2026. – B. 428–432.

4.Norchayev D.R. va boshq. Intensiv bog‘lar uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar meva yig‘ishtirish mashinasining burilish xususiyatlarini tadqiq etish // Agro ilm – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. – Toshkent, 2026. – B. 160–163.

5.Литвинов А.С., Фаробин Я.Е. Автомобиль: теория эксплуатационных свойств. – М.: Машиностроение, 1989. – 240 с.

6.Гуськов В.В., Велев Н.Н., Атаманов Ю.Е. и др. Тракторы: Теория / Под общ. ред. В.В. Гуськова. – М.: Машиностроение, 1988. – 376 с.

7.Ahokas J., Kosonen S. Dynamic behaviour of a tractor–trailer combination during braking // Biosystems Engineering. – 2003. – Vol. 85, No. 1. – P. 29–39. https://doi.org/10.1016/S1537-5110(03)00035-7

8.Aykan H., Çarman K., Canlı E., Ekinci Ş. Evaluation of tractor-trailer combination braking performance in different operating conditions // Süleyman Demirel University Journal of Natural and Applied Sciences. – 2023. – Vol. 27, No. 2. – P. 219–225. https://doi.org/10.19113/sdufenbed.1191413

9.Железнов Р.Е. Обоснование и методика выбора параметров сцепного устройства малотоннажного автопоезда: автореф. дис. … канд. техн. наук. – Волгоград: ВолгГТУ, 2016.

10.Кисуленко Б.В. Повышение устойчивости движения автопоездов выбором масс их звеньев: автореф. дис. … канд. техн. наук. – М., 1983.

11.ОСТ 37.001.016-70. Тормозные свойства автомобильного подвижного состава. Технические требования и условия проведения испытаний. – М.: Минавтопром СССР, 1970.

12.ГОСТ 28523-90. Мобильные средства малой механизации сельскохозяйственных работ. Тракторы малогабаритные. Типы и основные параметры. – М.: Стандартинформ, 2005.

13.Романов Ф.Ф. Малогабаритные энергосредства: выбор оптимальных эксплуатационных параметров. – СПб.: Агропромиздат, 2000. – 182 с.

14.Qambarov B., Xoliqov B. Turli xil g‘ildirak formulasidagi chopiq traktorlarining ko‘ndalang statik turg‘unlik ko‘rsatkichlarini tadqiq etish // “Resurstejamkor va fermerbop qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plami. – Toshkent: QXMITI. – B. 37–43.

15.Toshboltayev M. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida mashina-traktor agregatlaridan foydalanish darajasini oshirishning nazariy-metodologik asoslari: monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2016. – 604 b.

16.Toshboltayev M., Xoliqov B. Traktor poyezdi yengib o‘tadigan eng katta qiyalik burchagini aniqlash // Mexanika muammolari. – T., 2019. – № 1. – B. 38–42.

Downloads

Published

2026-10-06 — Updated on 2026-10-06

Versions