TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS L.) VA YAKON (SMALLANTHUS SONCHIFOLIUS) O‘SIMLIKLARINING SHIFOBAHSHLIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Raimova Gulhayo Sirojiddinovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: topinambur, Helianthus tuberosus L., yakon, Smallanthus sonchifolius, inulin, fruktooligosaxaridlar, fenolik birikmalar, antioksidantlik, prebiotik, shifobaxsh xomashyo.

Abstract

  Annotatsiya. Mazkur tezisda Asteraceae oilasiga mansub topinambur (Helianthus tuberosus L.) va yakon (Smallanthus sonchifolius) o‘simliklarining kimyoviy tarkibi hamda shifobaxshlik xususiyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Har ikki o‘simlikning yer osti qismlarida biologik jihatdan muhim uglevodlar, xususan, inulin tipidagi fruktanlar va fruktooligosaxaridlar mavjudligi ularning funksional oziq-ovqat hamda biologik faol xomashyo sifatidagi ahamiyatini belgilaydi. Topinambur tuganaklari inulinning muhim tabiiy manbalaridan biri bo‘lib, uning prebiotik xususiyatlari ichak mikrobiotasini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. O‘simlikning barglari va boshqa yer ustki qismlarida fenol kislotalar, flavonoidlar va boshqa biologik faol birikmalar aniqlangan. Yakon ildizmevalari esa fruktooligosaxaridlar (FOS), inulin va fenolik birikmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar yakon FOSlarining ichak mikrobiotasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ayrim metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi va antioksidant xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

References

1.Caetano B.F.R., de Moura N.A., Almeida A.P.S., Dias M.C., Sivieri K., Barbisan L.F. Yacon (Smallanthus sonchifolius) as a Food Supplement: Health-Promoting Benefits of Fructooligosaccharides // Nutrients. – 2016. – Vol. 8, № 7. – Art. 436. – DOI: 10.3390/nu8070436.

2.Campos D., Betalleluz-Pallardel I., Chirinos R., Aguilar-Galvez A., Noratto G., Pedreschi R. Prebiotic effects of yacon (Smallanthus sonchifolius Poepp. & Endl), a source of fructooligosaccharides and phenolic compounds with antioxidant activity // Food Chemistry. – 2012. – Vol. 135, № 3. – P. 1592–1599. – DOI: 10.1016/j.foodchem.2012.05.088.

3.Choque Delgado G.T., Tamashiro W.M.S.C. Yacon (Smallanthus sonchifolius): a functional food // Plant Foods for Human Nutrition. – 2013. – Vol. 68. – P. 222–228. – DOI: 10.1007/s11130-013-0362-0.

4.Qin Y.-Q., et al. Inulin: properties and health benefits // Food & Function. – 2023. – Vol. 14. – DOI: 10.1039/D2FO02898A.

5.Jerusalem artichoke (Helianthus tuberosus L.) as a medicinal plant and its natural products // Journal of Food and Drug Analysis. – 2020.

6.Chauhan D.S., Vashisht P., Bebartta R.P., Thakur D., Chaudhary V. Jerusalem artichoke: A comprehensive review of nutritional composition, health benefits and emerging trends in food applications // Comprehensive Reviews in Food Science and Food Safety. – 2025. – Vol. 24, № 1. – Art. e70114. – DOI: 10.1111/1541-4337.70114.

7.Pereira M.F., et al. Impacts of Yacon Syrup (Smallanthus sonchifolius) on Human Health: A Systematic Review of Scientific Evidence from the Last Decade // Nutrients. – 2025. – Vol. 17, № 5. – Art. 888. – DOI: 10.3390/nu17050888.

Downloads

Published

2026-10-11