GLOBALLASHUV SHAROITIDA TALABA YOSHLARDA MADANIYATLARARO KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNI O’RGANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Authors

  • Shodiyeva Shohsanam Furqatovna Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining mustaqil izlanuvchisi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: globallashuv, madaniyatlararo kompetentlik, pedagogik muammo, tolerantlik, madaniyatlararo muloqot, oliy ta’lim, talaba yoshlar.

Abstract

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida talaba yoshlarda madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirish masalasi pedagogik muammo sifatida tahlil etiladi. Zamonaviy jamiyatda madaniyatlararo muloqotning kengayishi, xalqaro integratsiyaning kuchayishi va ta’lim tizimining globallashuvi talabalarda yangi kompetensiyalarni shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda madaniyatlararo kompetentlikning mazmuni, tuzilmasi hamda uning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim jarayonida talabalarda tolerantlik, empatiya, madaniy tafovutlarni anglash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Maqolada ushbu muammoning dolzarbligi asoslanib, uni hal etishning ilmiy-pedagogik yondashuvlari va samarali usullari taklif etiladi.

Downloads

Published

2026-06-23