YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI: “O‘ZBEKISTON – 2030” YANGILANGAN STRATEGIYASI ASOSIDA TAHLIL

Authors

  • Quramboyev Alisher Maxsudovich Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam, sivilizatsiya, inson qadri, kam ta’minlangan oila, ijtimoiy adolat, ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi.

Abstract

Davlatimiz tabiati tobora ijtimoiy mazmun kasb etib, o‘z faoliyat mazmuniga ko‘ra demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sari odimlab bormoqda. Maqolada ushbu fikrlarning dalili sifatida faktlar keltirilib, ijtimoiy himoyaning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy sohada amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, xususan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, 2026-yil 16-fevralda tasdiqlangan yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ijtimoiy himoya sohasida belgilangan yangi maqsadli ko‘rsatkichlar — jumladan kambag‘allik darajasini qisqartirish, boshqaruv lavozimlarida xotin-qizlar ulushini oshirish va tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish borasidagi vazifalar yoritilgan. Maqolada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning insonparvarlik va ijtimoiy adolat ustuvorligiga intilishga qaratilgan oqilona siyosatiga alohida e’tibor berilgan.

References

1.Ahmedova M. Falsafa: Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. – B.388.

2.Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. Falsafa: Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2021. – B.272.

3.Abduxalilov A.A., Zaitov E.X. Ijtimoiy siyosat: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «ZEBO PRINT», 2021. – B.11.

4.Vaxabov A.V. Ijtimoiy siyosat: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “MUMTOZ SO‘Z”, 2019. – B.18, 72.

5.“Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 250-son qarori.

6.“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni.

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni // digital.gov.uz

8.O‘zbekiston – 2030 strategiyasi tasdiqlandi // Aniq.uz, 20.02.2026. – URL: https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-2030-strategiyasi-tasdiqlandi

Downloads

Published

2026-08-10