SMART HAND CREAM TARKIBINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Norqulova Husniya Murodjon qizi Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti 4-kurs talabasi Author
  • Husanova Madina Saydullo qizi Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabasi Author

Keywords:

Tadqiqotning maqsadi. Tabiiy komponentlarga asoslangan “Smart Hand Cream” qo‘l kremi tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish.

Abstract

Dolzarbligi. Hozirgi kunda terini himoya va regeneratsiya qiluvchi kosmetik vositalarga talab ortib bormoqda. Ayniqsa qo‘l terisi tashqi muhit omillari – sovuq va issiq harorat, kimyoviy moddalar va ultrabinafsha nurlanish ta’sirida tez zararlanadi. Bu holat terining qurishi, yorilishi va elastikligining pasayishiga olib keladi. Shu sababli tabiiy biologik faol moddalar asosida samarali va xavfsiz qo‘l kremlarini yaratish dolzarb masala hisoblanadi. “Smart Hand Cream” tarkibidagi aloe vera ekstraktlari terining namlik balansini tiklash, yallig‘lanishni kamaytirish hamda himoya funksiyasini kuchaytirish xususiyatiga ega bo’lib, ushbu mahsulotning farmatsevtik va kosmetologik ahamiyatini oshiradi. Bundan tashqari, tabiiy komponentlarga asoslangan kosmetik mahsulotlar sintetik moddalar saqlovchi vositalarga nisbatan xavfsizligi va biologik mosligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy kosmetologiyada ekologik toza va teriga nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan preparatlarga qiziqish ortib bormoqda. Aloe vera ekstrakti tarkibidagi polisaxaridlar va vitaminlar teri hujayralarining regeneratsiyasini tezlashtiradi va namlikni uzoq muddat saqlashga yordam beradi. Moychechak (ramashka, lotincha: Matricária) — asterdoshlar oilasiga mansub, tarkibida apigenin, quercetin kabi foydali polifenollar mavjud dorivor va kosmetik bir yillik oʻsimlik. U yalligʻlanishga qarshi, tinchlantiruvchi, oshqozon-ichak tizimini yaxshilovchi va teri kasalliklarini davolovchi xususiyatlarga ega boʻlib, tibbiyot hamda kosmetologiyada keng qoʻllaniladi. Asosiy foydali xususiyatlari: Hazm qilish tizimi: Gastrit, kolit, oshqozon ogʻirligi va shamollashni davolaydi, gazni kamaytiradi. Yalligʻlanishga qarshi: Tomoq ogʻrigʻi (tonzillit), SARS va grippda, shuningdek, koʻz shilliq qavatining yalligʻlanishida samarali. Tinchlantiruvchi: Uyqusizlikni yengish va asab tizimini tinchlantirish uchun choy sifatida ichiladi. Kosmetologiya: Teri yalligʻlanishlarini (akne) kamaytiradi, soch toʻkilishini davolaydi va terini yumshatadi. Ginekologiya: Ayollar organizmi uchun foydali, yalligʻlanishlarni kamaytiradi. Qo‘l kremlarining fizik-kimyoviy barqarorligini ta’minlash esa ularning samaradorligi va saqlanish muddatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan “Smart Hand Cream” tarkibi va texnologiyasini ilmiy asosda ishlab chiqish farmatsevtika hamda kosmetologiya uchun amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-08-31